Tayvan sharqiy sohillarida 22-fevral, payshanba kuni 5,6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda orol seysmologiya xizmati ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Zilzila epimarkazi Xualyan uyezdidan 69,6 kilometr masofadagi dengiz akvatoriyasida joylashdi.
Yer silkinishi Taydun, Szyai, Nantou, Yunlin uyezdlari va Gaosyun hamda Taychjun shaharlari hududida ham sezilgan.
Jabrlanganlar va vayronagarchiliklar, shuningdek, sunami tahdidi haqidagi ma’lumotlar kelib tushmadi.
Izoh (0)