Nigeriya harbiylari “Boko haram” guruhi jangarilarining mamlakat shimoli-sharqidagi Dapchi qishlog‘iga hujumidan so‘ng yo‘qolib qolgan 80 ga yaqin o‘quvchi qizlarni qutqardi, deb yozadi “TASS” mahalliy mansabdorga tayanib.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, qizlar 21-fevral, chorshanba kuni Borno va Yobe shtatlari chegarasidagi shahardan topilgan, harbiylarga ularning joylashgan joyi haqida ma’lumot kelib tushgan.
O‘z navbatida, Reuters agentligi Nigeriya armiyasi 76 nafar o‘quvchi qizni qutqargani, shuningdek, ikki qizning jasadi aniqlanganini xabar qilmoqda.
“Boko haram”ning 19-fevraldagi hujumidan keyin qishloqdan kamida 111 nafar o‘quvchi qiz yo‘qolgan edi.
Izoh (0)