Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari — IIBB boshlig‘i general-mayor Rustam Jo‘rayev Prezidentning Toshkent shahridagi Xalq qabulxonasida 21-fevral kuni fuqarolarni qabul qildi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.
Shu kuni dastlabki tergov, surishtiruv, fuqarolararo munosabatlar yuzasidan muammoli masalalar, shuningdek, ichki ishlar organlariga qabul qilish bo‘yicha huquqiy maslahat olish uchun 15 nafar fuqaro murojaat qildi.
Murojaatchilarning 5 tasiga shu joyning o‘zida tezkorlik bilan huquqiy yordam ko‘rsatildi. Qolgan murojaatlar nazoratga olinib, ijroga qaratildi.
Izoh (0)