2018-yil 8-fevralda Huawei kompaniyasi Londonda OAV va Pre-MWC 2018 tahlilchilari uchun o‘tkazgan brifingida to‘la tarmoqli birlashgan intellektual olamini yaratish uchun barcha soha vakillarini an’anaviy imkoniyatlar chegarasidan chiqib hamkorlik qilishga, biznes va tajribalarni birlashtirishga chaqirdi. Bu haqda kompaniya “Daryo”ga ma’lum qildi.
Huawei Carrier BG prezidenti va boshqaruv ijrochi direktori Rayan Din so‘zlariga ko‘ra, Huawei informatsion texnologiyalarni rivojlantirish va avtomatlashtirishda mustahkam poydevor yaratishga AKT texnologiyalar va intellektual qurilmalarga asoslangan. Uning negizida sheriklar o‘z kontentlarini, ilova “bulutlarini” oshirishlari mumkin.
Yaqinlashib kelayotgan Mobile World Congress 2018 da Huawei 20 dan ortiq yangi mahsulotni taqdim etadi, shuningdek, 300 dan ortiq hamkori bilan olib borgan ishlarinining hisobotini namoyish etadi. Beshta forum o‘tkazib, ko‘plab boshqa tadbirlarda ishtirok etadi va shu orqali o‘z tajribasi va fikrlari bilan bo‘lishadi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad esa to‘laqonli bog‘langan intellektual dunyoni yaratishdir.
Mobile World Congress 2018 Barselonada 26-fevraldan 1-martgacha davom etadi. Unda Huawei asosiy ma’ruzalari bilan qatnashib, forumlar doirasida hamkorlari bilan ROADS to a Better Future sohasiga doir mavzularni muhokama qiladi.
Mobile World Congress davomida kompaniya shuningdek, o‘zining yangi mahsulotlarini taqdim etib, hamkorlari bilan ssenariy bo‘yicha bir qator namoyishlarni o‘tkazadi.
Izoh (0)