O‘zbekistonda avtomobillar ijarasi — Rent-car xizmati yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Tadbirkorlar biznesning mazkur yo‘nalishiga qiziqish bildirdi va ilk namunalar tayyorlandi. Turizm markazlari — Buxoro, Toshkent, Samarqand va Xiva ushbu servis sinov tariqasida ishga tushiriladigan ilk shaharlar bo‘ladi.
Avtomobillar haydovchisiz ma’lum muddatga (bir necha soatdan bir necha oygacha) ijaraga beriladi.
Chet ellik sayyohlar ijarani rasmiylashtirishi uchun pasport va xalqaro toifadagi haydovchilik guvohnomasi talab etiladi.
Izoh (0)