Yaponiya hukumatining ma’lum qilishicha, Pxyonchxandagi qishki olimpiada o‘yinlari tufayli qoldirilgan AQSh va Janubiy Koreya hamkorligidagi keng ko‘lamli harbiy mashg‘ulotlar olimpiadadan so‘ng to‘liq hajmda o‘tkaziladi. Bu haqda Yaponiya mudofaa vaziri Itsunori Onoderaning so‘zlariga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Yaponiya mudofaa vaziri AQShning quruqlikdagi qo‘shini shtabi boshlig‘i, general Mark Milli bilan muzokara o‘tkazdi.
“Harbiy o‘quv-mashg‘ulotlari o‘tkazish yuzasidan rejalar o‘zgargani haqida eshitmadik. O‘ylashimcha, hammasi rejadagidek o‘tkaziladi”, — deydi Mark Milli.
Avvalroq, Seul va Vashington har yili o‘tkaziladigan, barcha turdagi qo‘shinlar ishtirokidagi Foal Eagle mashg‘ulotlari, shuningdek Key Resolve qo‘mondonlik-shtab mashg‘ulotlari keyinroqqa qoldirilganligini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)