Vladimir Putin prezidentlik kampaniyasi doirasida o‘z saylovoldi videoroliklari uchun suratga tushish va ovoz yozishdan bosh tortdi, deb yozadi Meduza uning shtabi matbuot kotibi Andrey Kondrashovga tayanib.
Buning o‘rniga, targ‘ibot uchun ajratilgan vaqtlarda asosiy telekanallar orqali namoyish etiladigan roliklarda Putinning nutqlaridan parchalar va boshqa xronika keltiriladi.
Saylovoldi roliklarining asosiy shiori “Kuchli prezident — kuchli Rossiya” bo‘ladi, bu avvalroq butun mamlakat bo‘ylab joylashtirilgan Putinning surati tushirilgan bilbordlardan ham o‘rin olgan edi.
Izoh (0)