Bugun, 19-fevral kuni Qozog‘istonning Olmaota shahridan 207 kilometr shimoli-sharqda soat 07:01 da zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda mamlakat seysmologik stansiyasiga tayanib, “Kazinform” xabar berdi.
“Zilzilaning energetik klassi 9,7. Magnitudasi MPV 4,7. Yer osti silkinishining epimarkazi shimoliy kenglik bo‘yicha 44,20 daraja va sharqiy uzunlik bo‘yicha 79,08 darajada joylashgan. Chuqurligi 5 kilometr”, — deyiladi xabarda.
Jabrlanganlar va vayronalar haqida hozircha ma’lumotlar kelib tushmadi.
Izoh (0)