Janubiy Koreyaning Pxyonchxandagi qishki Olimpiada o‘yinlari o‘tkazilayotgan hududda yangi virusni yuqtirganlar soni 283 kishiga yetdi. Bu haqda musobaqalar tashkiliy qo‘mitasiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Oxirgi sutkalar ichida virusni yuqtirish bilan bog‘liq sakkizta yangi holat aniqlandi.
Avvalroq kasallikka chalinganlar orasida ikki nafar shveysariyalik fristaylchi borligi ma’lum qilingan edi. Biroq keyinroq sportchilar Olimpiada qishlog‘ida yashamaganligi aniqlandi.
Pxyonchxanda Olimpiada o‘yinlari 25-fevral kuni yakunlanadi.
Izoh (0)