AQShning Florida shtati Parklend shahrida joylashgan Marjory Stoneman Douglas maktabida 17 kishining hayotiga zomin bo‘lgan Nikolas Kruz natsistlar ramzlaridan foydalangan. Bu haqda, NBC telekanaliga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Shtatning voyaga yetmaganlar va oilalar ishlariga mas’ul departamenti vakillari maktabda Nikolas Kruzning ruhiy ahvolini o‘rganganini ma’lum qildi. Aytilishicha, o‘smir ijtimoiy tarmoqlardan birida qonga botgan qo‘llarining suratini joylashtirib, qurol sotib olmoqchiligini yozgan.
Bundan tashqari, 2015-yilgi tekshiruvda ma’lum bo‘lishicha, u maktab sumkasiga natsistlar ramzini joylashtirib, unga irqchilik ruhidagi yozuvni ilova qilgan.
Izoh (0)