Kiyev Rossiyaga fuqaro aviatsiyasi samolyotlari uchun D-436 dvigatellari yetkazib berishni man etdi. Bu haqda Rossiya sanoat vazirining o‘rinbosari Oleg Bocharov ma’lum qildi, deya xabar beradi “Izvestiya”.
“Afsuski, Ukraina rasmiylari fuqaro aviatsiyasi uchun mo‘ljallangan D-436 dvigatellari yetkazib berishni taqiqladi”, — dedi Bocharov.
Zaporojyedagi “Motor Sich” korxonasida tayyorlanadigan mazkur dvigatellar Voronej aviazavodida yig‘iladigan An-148 samolyoti va Be-200 samolyot-amfibiyasiga o‘rnatilardi.
Eslatib o‘tamiz, 11-fevral kuni “Saratov avialiniyalari” kompaniyasining An-148 samolyoti Domodedovo aeroportidan parvoz qilganidan bir necha daqiqa o‘tib Moskva viloyatida qulab tushdi.
Izoh (0)