7-fevral kuni xalqaro koalitsiya tomonidan Suriyaning Dayr-az-Zor viloyatiga berilgan zarba oqibatida 50 nafar Rossiya va Ukraina fuqarolari halok bo‘lgan. Bu haqda “Vedomosti” nashri “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasidagi o‘z manbasiga tayanib ma’lum qildi, deb xabar berdi Meduza.
Ma’lumotlarga ko‘ra, zarba berilishi bilan 23 nafar odam o‘lgani haqida ma’lum bo‘lgan, oradan bir necha kun o‘tgach esa ularning soni 50 nafarga yetgan. Shuningdek, 70 ga yaqin odam jarohat olgan.
“Vedomosti” nashrining yozishicha, zarba oqibatida halok bo‘lganlarning umumiy soni, jumladan, suriyalik jangalari ham 100 nafarni tashkil etadi. Bu kabi ma’lumotlarni zarba amalga oshirilganidan so‘ng Pentagon vakili ham ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 7-fevral kuni AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya “Suriya demokratik kuchlari”ning Dayr-az-Zor viloyatidagi pozitsiyasiga qarata o‘t ochgan edi.
Izoh (0)