Iroq sudi turkiyalik ayolni IShIDni qo‘llab-quvvatlagani uchun o‘lim jazosiga hukm qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Mamlakat oliy sud kengashi vakiliga ko‘ra, Turkiya va Ozarbayjon fuqarosi bo‘lgan yana 10 nafar ayolga umrbod qamoq jazosi berildi.
Oldinroq OAV Iroq rasmiylari IShID jangarilarining yuzlab rafiqalarini qo‘lga olganini bildirgandi. Ular orasida Yevroittifoq, Osiyo davlatlari, AQSh va Rossiya fuqarolari bor.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)