Britaniyaning Kent grafligida yashovchi Jeyms Xill o‘zining bog‘idan mushuksimon akulani topib oldi, deb xabar berdi “Korrespondent.net”.
Mushuksimon akula topilganida Xill o‘z oshxonasida qahva tayyorlayotgan bo‘lgan va bu haqida unga otasi aytgan.
Ularning fikricha, yirtqich baliq bog‘da baliqchi qush yoki qorabuzov qushi sababli kelib qolgan bo‘lishi mumkin. Qush o‘z o‘ljasini ushlab tura olmay, tushirib yuborgan.
Erkakning ta’kidlashicha, uzunligi salkam 60 santimetr keladigan akula topilganida o‘lik holda bo‘lgan.
Mushuksimon akulalar odamlarga xavf tug‘dirmaydi va Atlantika okeani, O‘rta Yer hamda Qora dengiz suvlarida yashaydi.
Izoh (0)