O‘zbekiston tarixidagi eng mashhur moliyaviy piramidani qurgan chinozlik Ahmadboy (Ahmadjon Tursunboyev) va uning sheriklariga nisbatan sud hukmi qachon e’lon qilinishi hozircha noma’lum. Bu haqda bir qator OAVlar xabar bermoqda.
“Kun.uz”ning yozishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudida sudya Dilshod Komilov raisligida Ahmadboy va uning olti sherigi ustidan mahkama jarayoni davom etmoqda.
Sud jarayoni 2017-yil 2-avgustda boshlangan bo‘lib, sudlanuvchilar Jinoyat kodeksining 177-moddasi 3-qismi “a” va “b” bandi (valyuta qimmatliklarini noqonuniy yo‘l bilan olish yoki sotish), 188-moddasi (davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib, juda katta miqdorda nazoratsiz daromad ko‘rish), 189-moddasi (savdo qilish yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish), 190-moddasi 2-qismi “a” va “v” (litsenziyasiz faoliyat bilan shug‘ullanish) bandlarida ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.
Mavzuga doir: Video: Chinozlik Ahmadboyning suddagi so‘nggi so‘zi
Izoh (0)