Braziliyada 37 yoshli ayol shifokorlar tomonidan o‘lgan deb topilib, qarindoshlari tomonidan dafn qilingach, 11 kun o‘tib, qabrda hushiga keldi, deb yozadi “Metronews.ru”.
Yurak xuruji bilan kasalxonaga tushib, bir haftadan keyin “vafot etgan” Rozangela Almeyda dush Santos dafn etilgach, 11 kunlardan so‘ng qabriston yaqinida yashaydigan odamlar baqiriqlar va taqillash ovozlarini eshitgan. Ular irim-sirimlar tufayli qabrni o‘zlari ochishga jur’at qilmagan, ammo ayolning oilasiga bu haqda xabar bergan.
Oilasi kelib qabrni ochganida ayol allaqachon jon berib bo‘lgan. Tanasi hali issiq bo‘lgan, qo‘l-oyoqlari tobut qopqog‘ini uraverib, ko‘karib ketgan. Ayol septik shokdan vafot etgan.
Izoh (0)