IShID guruhi Dog‘istonning Kizlyar shahridagi hujum uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga oldi. Bu haqda Reuters terrorchilar nazorati ostidagi OAVlarga tayanib ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Ta’kidlanishicha, terrorchilar o‘z bayonotiga dalil taqdim etmagan.
18-fevral kuni Kizlyar shahrida mahalliy fuqaro o‘t ochdi. U to‘rt kishini otib o‘ldirdi, jarohat olgan yana bir ayol kasalxonada vafot etdi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)