Andijon viloyatining Jalaquduq tumanidagi “Katta polvon” mahallasida 17-fevral, soat 19.00 larda oilaviy mojaro yuz berdi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi ma’lum qildi.
1972-yilda tug‘ilgan T.Jonbo‘tayeva uyida o‘zi bilan birga yashagan opasi, 1964-yilda tug‘ilgan Sh.Jonbo‘tayevaning boshiga bolta bilan urib, jarohat yetkazdi.
Hodisa oqibatida Sh.Jonbo‘tayeva voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi. T.Jonbo‘tayeva esa qo‘lga olindi.
Izoh (0)