Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumani xalq ta’limi faollari “Oltin kitob“ mukofotini joriy etish bo‘yicha tashabbus ko‘rsatdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Hududlardagi izlanuvchan va ijodkor o‘qituvchilarga e’tibor qaratish, ustozlarning ishini tuman va viloyat miqyosida ommalashtirish, uslubshunoslarni rag‘batlantirish hamda ilg‘or tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Oltin kitob“ mukofoti joriy etildi.
Pastdarg‘omda kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadidagi nominatsiyaga yakunlangan yilda tumandagi 5-son umumta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari munosib deb topilib, mukofot bilan taqdirlandi.
— Izlanishlarimiz respublika miqyosida ommalashtirilishini xohlaymiz, — deydi tumandagi 62-maktab boshlang‘ich ta’limi o‘qituvchisi Zebiniso Musurmonova. —Ushbu mukofotga eng kitobxon murabbiy sazovor bo‘ladi. “Oltin kitob” statuetkasi ochiq kitob shaklida ishlangan bo‘lib, u mamlakat umumta’lim maktablari murabbiylari orasida ommalashtirilsa yaxshi bo‘lardi.
Izoh (0)