Facebook’dagi “Tashkent stroitsya” гуруҳида Toshkent shahridagi Bunyodkor shohko‘chasida qurilayotgan yo‘lo‘tkazgich fotolari joylashtirildi.
Obyekt Chilonzor tumanida, shohko‘chaning Cho‘ponota ko‘chasi bilan kesishmasida, metroning Mirzo Ulug‘bek bekati, “Bunyodkor” stadioni va G‘afur G‘ulom nomli madaniyat va istirohat bog‘i yaqinida joylashgan.
Domian Barma taxallusi ostidagi foydalanuvchi yo‘lo‘tkazgich yangi texnologiya asosida, bitta tayanch ustuni bilan qurilayotganini taxmin qildi.
Izoh (0)