Joriy yilning 14-fevral kuni Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining “1050” tezkor raqamiga Lacetti rusumli avtomashina haydovchisi avtomobili Sergeli tumani “Chortoq” mahallasi hududida loyga botib qolganligi tufayli yordam so‘rab murojaat qilgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi rasmiy saytida xabar berilmoqda.
Shuningdek, joriy yilning 15-fevral kuni Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining “1050” tezkor raqamiga yana bir Lacetti rusumli avtomashina haydovchisi tomonidan uning avtomashinasi Sergeli tumani “Olmazor” mahallasi hududida loyga botib qolganligi ma’lum qilingan.
Har ikkala vaziyatda ham qutqaruv otryadi tezkorlik bilan voqea joyiga yetib borib, maxsus texnika yordamida avtomashina haydovchisiga yordam ko‘rsatgan.
Izoh (0)