Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari ketma-ket ikki kun Sergelida loyga botib qolgan Lacetti’larni “qutqardi”. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar bermoqda.
14-fevral kuni Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining “1050” tezkor raqamiga Lacetti avtomashinasi Sergeli tumanidagi “Chortoq” mahallasida loyga botib qolgani haqida xabar kelib tushgan. 15-fevral kuni esa xuddi shunday vaziyat Sergelining boshqa — “Olmazor” mahallasida yuz bergani haqida yangi xabar kelgan.
“Har ikkala vaziyatda ham qutqaruv otryadi tezkorlik bilan voqea joyiga yetib borib, maxsus texnika yordamida avtomashina haydovchisiga yordam ko‘rsatdi”, — deyiladi vazirlik axborotida.
Izoh (0)