INRIX tahliliy kompaniyasi yo‘llari eng tirband bo‘lgan shaharlar reytingini tuzdi, deb yozadi “Motor”.
Unga 38 ta mamlakatning 1360 ta aholi punkti kirdi. 2017-yilning eng tirband shahri Los-Anjeles bo‘ldi — u yerda fuqarolar tirbandliklarda o‘rtacha 102 soat vaqt ketkazgan.
Reytingda 91 soat natija bilan Moskva ikkinchi o‘rinni egalladi, Nyu-York xuddi shunday ko‘rsatkich bilan uchinchi o‘rinda joylashdi.
Hisobot davridagi eng sekin yo‘l harakati Meksikaning Oaxaka shtatida kuzatilgan, u soatiga 5,9 kilometrni tashkil etgan, eng sekin shahar esa Belfast bo‘lgan. Bu yerda mashinalarning tezligi kunduzgi vaqtda o‘rtacha 5,4 kilometr/soatga teng bo‘lgan.
INRIX Tailand, Indoneziya, Kolumbiya, Rossiya, Venesuela va AQShni eng tirband mamlakatlar deb topdi.
Izoh (0)