Londonda Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki o‘rtasida anglashinuv memorandumi imzolandi. Bu haqda “Spot.uz” xabar bermoqda.
O‘zbekiston bank tomonidan turizm va madaniy meros sohasida hamkorlik uchun birinchi pilot davlat sifatida tanlandi.
Memorandum madaniy meros obyektlari bilan bog‘liq loyihalarni moliyalashtirishni nazarda tutadi. Jumladan, Xiva va umuman Xorazm viloyati uchun turizmni rivojlantirishning strategik, kompleks rejasi ishlab chiqiladi.
Izoh (0)