Virjiniya shtatining apellyatsiya sudi o‘z qarori bilan AQSh prezidenti Donald Trampning immigratsiya haqidagi farmonining so‘nggi talqinini nokonstitutsiyaviy deb e’lon qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Sud vakillari ma’lum qilishicha, ushbu farmon AQSh konstitutsiyasi qoidalariga xilof ravishda musulmonlar haq-huquqlarini cheklaydi.
Ta’kidlanishicha, ushbu qaror AQSh apellyatsiya sudi tomonidan Amerika rahbariyatining immigratsiya haqidagi farmoniga qarshi qaror qabul qilinishi bilan bog‘liq ikkinchi holat bo‘lgan.
Izoh (0)