Shu kunlarda Toshkentning Chilonzor tumanidagi Bunyodkor va Cho‘ponota ko‘chalari kesishmasidagi zamonaviy yo‘lo‘tkazgich qurilishi jadal davom etmoqda, deb xabar beradi “Xalq so‘zi”.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli “Ko‘prik qurilish tresti” korxonasi tomonidan bunyod etilayotgan mazkur ko‘prikdan avtomobillar 6 ta qator bo‘ylab harakatlanadi.
Yaqinda Prezident tanishgan mazkur obyekt qurilish ishlariga 30 dan ortiq texnika vositalari, 200 dan ziyod malakali ishchi-xodimlar jalb qilingan.
Qishning yog‘in-sochinli kunlariga qaramay ko‘prik qurilishi jadal sur’atda olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Izoh (0)