Xitoyning Anxoy provinsiyasida o‘zaro bahs boylab, 200 yuan pulni yoqib yuborgan ikki kishi jarimaga tortildi, deb xabar beradi TJournal.
Erkaklar restorandagi ziyofatdan so‘ng kim badavlatroq ekanligini shu tariqa aniqlamoqchi bo‘lgan. Ikki erkakning har biri 100 yuandan yoqqani uchun 1000 yuan jarimaga tortildi.
Mazkur hodisa aks etgan video internetga joylanganidan so‘ng politsiya ularni topib, ma’muriy jazoga tortgan.
Xitoyda naqd pulga qasddan zarar yetkazish jinoyat hisoblanadi.
Izoh (0)