Eron poytaxti Tehron shahridagi hayvonot bog‘i 1992-yilda tashkil etilgan. Bu yerda turli jonivorlar, sudralib yuruvchilar va qushlar yashaydi, deb yozadi National Geographic.
Tehron hayvonot bog‘i jonivorlari orasida bir nechta Suriya qo‘ng‘ir ayig‘i ham bor. Odatda ular ham boshqa ayiqlar kabi qishda uyquga ketadi. Biroq yaqinda yog‘gan qor ayiqlarga xush yoqqan ko‘rinadi. Ular ochiq maydonchadagi qorda sirpanib, bir-biri bilan o‘ynamoqda.
Izoh (0)