O‘zbekiston Markaziy banki mamlakat oltin-valyuta zaxiralari to‘g‘risidagi axborotni e’lon qildi. 2018-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning yalpi oltin-valyuta zaxiralari hajmi 28 milliard dollarni tashkil etdi (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,6 milliard dollarga ko‘p).
Shundan 14 milliard dollar xorijiy valyutadagi aktivlar, qolgan 14 milliard esa quyma shakldagi monetar oltindan iborat. O‘zbekistonning sof oltin-valyuta zaxiralari hajmi 26,5 milliard dollarni tashkil etmoqda (o‘tgan yilning shu davriga nistaban 1,3 milliard dollarga ko‘p).
Qayd etishlaricha, oltin-valyuta zaxiralarini samarali boshqarish maqsadida Markaziy bank zaxiralarning yalpi va sof qiymatlari hisobini yuritmoqda.
Sof oltin-valyuta zaxiralari tijorat banklari va davlat boshqaruvi organlarining (Moliya vazirligi, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi bundan mustasno) Markaziy bankda ochilgan hisobvaraqlaridagi valyuta mablag‘larini, ya’ni Markaziy bankning ushbu tashkilotlar oldidagi majburiyatlarini hisobga olmaydi.
Izoh (0)