Germaniyaning Zolingen shahrida rossiyalik rejissor Anatoliy Reznikov 77 yoshida vafot etdi, deb yozadi “Vesti.ru”.
U Arkadiy Xayt ssenariysi bo‘yicha mushuk Leopoldning sarguzashtlari haqidagi multfilmlar seriyasini yaratgan. “Mushuk Leopoldning sarguzashtlari” multfilmi uchun mualliflar guruhi 1985-yilda Sobiq ittifoq davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan.
Tomoshabinlar Reznikovni “Poxol buqacha”, “Robinzon Kuzya”, “Bir tiyinlik chaqa”, “Dumli avtomobil”, “Tonggi musiqa” kabi multfilmlar orqali tanigan. “Mushuk Leopoldning qasosi” deb nomlangan birinchi multfilm 1975-yilda chiqarilgan.
22 yillik tanaffusdan so‘ng Anatoliy Reznikov multfilmlar ustida ishlashni qayta boshlagan. Rejissorning 75 yilligi sharafiga uning yangi multseriali — “Mushuk Leopoldning yangi sarguzashtlari” chiqqan.
Izoh (0)