Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida yuk mashinasi piyodalar yo‘lkasidan ketayotgan ayolni va kichkina qizni urib yubordi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Buning oqibatida qizaloq halok bo‘ldi. Ayol kishi og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizildi.
1974-yili tug‘ilgan haydovchi burilish chog‘ida xatoga yo‘l qo‘yib, boshqaruvni qo‘ldan boy bergan, buning oqibatida piyodalar yo‘lkasiga chiqib ketgan.
Ayni paytda surishtiruv ishlari ketmoqda.
Izoh (0)