Facebook ijtimoiy tarmog‘i o‘z platformasida kriptovalyuta reklamasini joylashtirishni taqiqladi. Bu haqda kompaniya mahsulotlar boshqaruvi direktori Rob Lezern o‘z blogida ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Tegishli cheklov Facebook’ning yangi reklama siyosatida ko‘zda tutilgan.
“Reklamaga taalluqli ikki asosiy tamoyilimiz e’lonlar xavfsiz bo‘lishi kerakligi va biz ularni, birinchi navbatda, insonlar uchun yaratishimiz haqidagi maslagimizni aks ettiradi”, — deb ta’kidlaydi Lezern.
U Facebook’da foydalanuvchilarni chalg‘ituvchi reklamaga joy yo‘qligini qo‘shimcha qildi.
Izoh (0)