Apple kompaniyasi ataylab smartfonlar ishini sekinlashtirib qo‘yganini tan olgach, kaliforniyalik Violetta Maylyan ismli ayol kompaniyani sudga berib, undan 999 999 999 000 (999 milliard 999 million 999 ming) dollar to‘lashni talab qildi, deb yozadi TJournal.

Foto: TJournal

Nashr ta’kidlashicha, bu smartfonlar ishlashining sekinlashuvi yuzasidan Apple’ga qarshi berilgan birinchi da’vo emas. Ammo boshqa da’vogarlarning talablari nisbatan “mo‘tadil” edi.

Nashr eslatishicha, avvalroq Apple kompaniyasi ba’zi iPhone modellarida litiy-ionli batareyalar quvvati pasayib borgani sari, smartfonlar ishini qo‘llab-quvvatlash uchun mahsuldorlik ataylab pasaytirilishini tan olgan edi.