Ukrainaning Donetsk viloyatidagi Malaysia Airlines samolyoti halokati qurbonlarining qarindoshlari AQShda Strelkov taxallusi bilan mashhur bo‘lgan Igor Girkinga qarshi sud da’vosida yutib chiqdi, deb yozadi Meduza.
Marhumlarning 25 nafar qarindoshi tomonidan berilgan kollektiv da’vo Illinoys shtati Shimoliy okrugi Okrug sudiga berilgan edi. Da’vogarlar Girkin samolyot yo‘lovchilari va ekipaji halokati uchun javobgar ekanligini aytib, tovon puli talab qilgan edi.
Samolyot halokatga uchragan 2014-yil iyulida Girkin Donetsk xalq respublikasi qo‘shinlariga qo‘mondonlik qilgan edi.
Sud da’voni dekabrda qondirgan. Har bir da’vogarga ruhiy kompensatsiya sifatida 10 million va yetkazilgan zarar uchun kompensatsiya sifatida yana 10 million dollar to‘lashga hukm qilingan.
Boeing 777 samolyoti ayirmachilar nazorati ostidagi Sharqiy Ukraina osmonida 2014-yil 17-iyulida urib tushirildi. Buning oqibatida uning bortidagi 298 kishi halok bo‘ldi.
Izoh (0)