Yamanning markaziy qismidagi blokpostda xudkushning minalashtirilgan avtomobildagi hujumi oqibatida kamida 11 kishi halok bo‘ldi, 3 kishi jarohatlandi. Bu haqda mahalliy rasmiylar ma’lum qildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
O‘z navbatida, guvohlar qurbonlar ko‘p bo‘lganini bildirmoqda.
Ularga ko‘ra, Shabva viloyati poytaxti Atakadan shimoli-sharqdagi blokpostda mashina portlatilganidan so‘ng jangarilar guruhi o‘t ochgan va 12 kishini o‘ldirgan.
Izoh (0)