30-yanvarning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. Samarqand shahrida Islom Karimov maqbarasi ochildi. Qarshida esa Birinchi Prezidentning haykali ochildi — bu Islom Karimovning O‘zbekistondagi uchinchi haykalidir.
2. Toshkentda ko‘chada qoldirib ketilgan chaqaloqni topib olishdi. Surxondaryoda chaqalog‘ini 5 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi.
3. Rossiyada do‘stidan ayrilgan, qishlog‘ida masjid va bolalar bog‘chasi qurishni niyat qilgan samarqandlik muhojir hikoyasi. “Daryo” “Muhojirlar hayoti” loyihasi doirasida xorijdagi vatandoshlarning fikrlarini e’lon qilishda davom etadi.
4. Toshkent IIBB mast haydovchilar va yengiltabiat ayollar fotosuratlarini e’lon qilishi sababini tushuntirdi. IIBB boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayev so‘zlariga ko‘ra, muassasa ushbu holatda kimningdir huquqlari buzilgan deb hisoblamaydi.
5. Toshkent shahri aholisi so‘nggi 5 yilda 5 foizga oshdi. 2018-yilda Toshkent shahridagi aholi soni 2 million 498 ming kishiga yetishi kutilmoqda.
6. Fotoreportaj: Qashqadaryo va Surxondaryoda kumush qish. O‘zbekistonda kuzatilgan kuchli sovuqning so‘nggi kuni — 29-yanvar janubiy viloyatlar oppoq qorga burkandi.
7. “Nasaf” Osiyo Chempionlar Ligasini 5 ta gol urish bilan boshlab, guruh bosqichiga yo‘llanma oldi. Navbatda “Paxtakor” — uning “Al-Garafa” (Qatar)ga qarshi o‘yini 30-yanvar kuni Toshkent vaqti bilan 22:00 da boshlanishi kerak.
Izoh (0)