• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12672.81
    • RUB158.89
    • EUR14753.69
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Rossiyada do‘stidan ayrilgan, qishlog‘ida masjid va bolalar bog‘chasi qurishni niyat qilgan samarqandlik muhojir hikoyasi (video)

    “Daryo” internet-nashri “Muhojirlar hayoti” loyihasi doirasida xorijda mehnat qilayotgan o‘zbekistonlik vatandoshlarning fikrlarini e’lon qilishda davom etadi. E’lon qilinayotgan bu fikrlarda mehnat muhojirlari uchun shart-sharoitlar yaratish yo‘lida bugun boshlangan ishlar, o‘zgarishlar uchun taklif o‘laroq jaranglagan izohlar ham yo‘q emas.

    E’lon qilinayotgan navbatdagi monolog — Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida 1,5 yildan beri mehnat qilayotgan samarqandlik yigitning fikrlari (uni “Daryo” muharriri Dilshod Sharipov yozib oldi). Uning iltimosiga ko‘ra, ismi-sharifi va uning shaxsini oshkor etishi mumkin bo‘lgan boshqa ma’lumotlar ko‘rsatilmadi, matn juz’iy tahrirlarga uchradi.

    1995-yili Samarqandning Oqdaryo tumanida tug‘ilganman. Bir yarim yildan beri Sankt-Peterburgda yashab, ishlayapman. Bu yerga qarindoshlarim va mahalladoshlarim bilan kelganman. Rossiyaga kelishdan oldin somsaxonada ishlaganman. Kollejni buxgalterlik yo‘nalishi bo‘yicha tamomlaganman.

    Bu — Rossiyaga ikkinchi safar kelishim. Har ikki safar ham 350 dollardan chipta olib, samolyotda uchib kelganman. Birinchi marta 2016-yilning avgustida kelgandim. Orada bir marta, uch oy Samarqandda bo‘lib qaytdim.

    Rossiyaga kelganimdan buyon faqat bir joyda — fermada ishlayman. Fermada 12 ta qoramol, 40 dan ortiq qo‘y hamda 100 dan ziyod tovuq va kurka bor. Shularga qarayman. Ish unchalik og‘ir emas, bir kunda ko‘pi bilan 8 soat ishlayman. Bu ishni bir hamqishlog‘im topib bergan. Oyiga 450—500 dollar ish haqi olaman.

    Ferma egasi — rossiyalik, juda yaxshi inson. Yashash uchun ikki xonali kvartira ajratgan. Bu kvartirada akam va ikki qarindoshim bilan birga turamiz. Ular qurilishda, kuniga 12 soatdan ishlaydi. Yashash joyimizda barcha sharoitlar — gaz, elektr, televizor, internet bor. Yeyish-ichish uchun ham hamma narsa bor, kiyim-kechak yetarli.

    Boshlig‘im prorablik ham qiladi, akam va qarindoshlarimga qurilishdan ish topib beradi. Shuning uchun ularning men bilan bir kvartirada turishiga ruxsat bergan. Kvartiraga pul to‘lamaymiz, faqat patent uchun har oy 3500 rubl to‘laymiz, xolos. Ish haqimni xo‘jayinimning o‘zi O‘zbekistonga yuboradi.

    O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixona va konsulliklariga hech ishim tushmagan, chunki hamma hujjatlarimni boshlig‘im to‘g‘rilab bergan.

    Men bilan tengdosh oqdaryolik bir o‘rtog‘im uch yildan beri Rossiyada ishlab kelayotgandi. 2017-yil dekabrida, qurilishda ishlayotganida olti metr balandlikdan yiqilib, umurtqa suyagi bo‘linib ketdi. Tez yordam mashinasida shifoxonaga olib borishdi, zudlik bilan operatsiya qilindi. Operatsiyadan so‘ng qimirlamay yotdi. 15-20 kuncha ahvoli yaxshi edi, so‘ng oshqozoni ovqat hazm qilmay qo‘ydi... 24-yanvar kuni olamdan o‘tdi. Do‘stim uy qilay, to‘y qilay deb, uch yildan beri Rossiyada ishlayotgandi...

    Rossiyadagi vatandoshlarimizning bari pul topay, uy-joyimni to‘g‘rilay, to‘y qilay degan dardda yuribdi. Masalan, biz ham akamga uy qurishimiz, o‘zim esa uylanishim kerak. Lekin O‘zbekistonda oyiga 450 dollar ishlay olishimga ko‘zim yetmaydi. Buncha pulni nima ish qilib topish mumkinligini ham hech o‘ylab ko‘rmaganman. O‘sha pulning yarmini topsam ham qaytardim, chunki ota-onam, yaqinlarimning bag‘rida bo‘lardim.

    Samolyot chiptalari narxini tushirish — biz kabilar uchun eng asosiy yordam bo‘lardi, avtobus reyslarini esa yopish kerak. Men ham Qozog‘istonda bo‘lganman. Qozog‘iston orqali kelayotgan yurtdoshlarimizni yo‘lda tunashadi, chegarada qiynashadi, aldab pulini olishadi. Militsionerlar poyezdlarga chiqib, pul so‘raydi, bizning soddadil odamlarimiz esa jonini asrash uchun qo‘rqqanidan pul beradi. Agar Rossiyaga avtobuslar qatnovi to‘xtatilib, samolyot chiptalari arzon qilinsa, biz uchun bundan ortiq baxt yo‘q.

    Oqdaryo tumanidagi Qoratuxum, Rovotcha, Qurilish va Qorateri qishloqlariga bitta masjid va bitta bolalar bog‘chasi kerak. Bularni to‘rt qishloq hashar yo‘li bilan ham qurib olishi mumkin. Xudo xohlasa, eson-omon, sog‘-salomat yurtimga qaytsam, kerakli idoralarga chiqib, qishloqlarimiz uchun masjid va bolalar bog‘chasi qurishga kirishaman.

    Mavzuga doir: - Muhojirlar hayoti. Rossiyadagi namanganlik bog‘bon: “Rossiyada 13 yil davomida qilmagan ishim qolmadi. Hatto cho‘chqa ham boqqanman” (video)

    - Muhojirlar hayoti. Novosibirskdagi shahrixonlik yigit: “Avvaliga uylanish uchun Rossiyada ishladim. Endi oilamni boqish uchun Rossiyadaman” (video)

    - Muhojirlar hayoti. Vladivostokdagi farg‘onalik yigit: “Qaytgim kelyapti. Lekin O‘zbekistonda buncha pul topishim qiyin” (video)

    30.01.2018, 15:43   Izoh (0)   90177
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Foto: Islom Karimov va Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Haj ziyoratida

    30.01.2018, 15:11

    Qashqadaryoda birinchi innovatsion paxta-to‘qimachilik klasteri ishga tushiriladi

    30.01.2018, 15:00

    Samarqandda O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavallud topgan kun munosabati bilan ehson oshi berildi

    30.01.2018, 14:29

    Toshkent shahri aholisi so‘nggi 5 yilda 5 foizga oshdi

    30.01.2018, 14:07

    AQSh davlat kotibi yordamchisining birinchi o‘rinbosari O‘zbekistonga keladi

    30.01.2018, 13:39

    Qarshi shahrida Islom Karimov haykali ochildi

    30.01.2018, 13:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Havodan benzin olish: yangi ixtiro insoniyatni yoqilg‘i inqirozidan qutqarishi mumkin

    Texnologiyalar | 11 avgust, 13:09

    O‘zbekistonda tuman va shaharlar iqtisodiy o‘sishga turtki beruvchi loyihalarni amalga oshirish tartibi tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 13:02

    Toshkent viloyatida pora olgan MIB xodimi 6 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 12:37

    Iroqda 600 dan ortiq ziyoratchi xlor gazidan zaharlandi (video)

    Dunyo | 11 avgust, 12:28

    Charlz Oliveyra: “Yarador sher — baribir sherligicha qoladi”

    Sport | 11 avgust, 12:23

    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil

    Reklama | 11 avgust, 10:30

    Garvard olimlari Alsgeymer kasalligiga davo topdi va xotirani tiklash usulini aniqladi

    Ilm-fan | 11 avgust, 12:14

    O‘zbekiston va Qirg‘iziston Qozog‘istonga 600 mln kub metr suv yetkazadi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 11:57
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.