Avval xabar berganimizdek, 2017-yili O‘zbekistonda mobil aloqa abonentlari soni 1,4 millionga oshdi va bugungi kunda 22,8 million kishini tashkil etmoqda. Bu haqda UzNews xabar berdi.
Mamlakatga uyali aloqa kompaniyasi 1991-yilning avgust oyida kirib kelgan bo‘lib, u nafaqat O‘zbekiston, balki Markaziy Osiyodagi ilk shunday kompaniya bo‘lgan.
O‘zbekistonda birinchi bo‘lib uyali aloqadan foydalangan shaxs sifatida Islom Karimovni tilga olish mumkin: Birinchi Prezident 1992-yilning avgust oyida mobil aloqadan foydalangandi.
Hozirda Islom Karimov foydalangan mobil qurilmasi Aloqa muzeyidan joy olgan.
Ma’lumot uchun, bugungi kunga kelib O‘zbekistonda 5 ta mobil aloqa kompaniyasi xizmat ko‘rsatmoqda, ularning 22178 ta aloqa stansiyasi ishlab turibdi.
Izoh (0)