A. Tursunxo‘jayev 2017-yil 19-oktabrda tumandagi G‘ishtko‘prik mahallasida istiqomat qiluvchi Ruslan Mirzaboyevning hovlisidan 600 ming so‘mlik tamaki mahsulotlarini, 25-oktabr kuni shu mahalladagi Olim Toshmatovning mashinasidan 150 dollar va 200 ming so‘m, 8-noyabr kuni yana 500 ming so‘m pulni o‘mardi.
Hech qayerda ishlamaydigan, biror mutaxassislik bo‘yicha o‘qimay bemaqsad yurgan A. Tursunxo‘jayevga tungi sayrlar payti R. Mirzaboyevning uyini yana bir bor kechasi ziyorat еtishga ahd qildi. 2017-yil 18-noyabr kuni kech soat taxminan 01:00 atrofida jabrlanuvchining uyiga kirdi. Lekin hovlida turgan avtomashina oynasini sindirayotgan paytda uy egalari tomonidan ushlanib, ichki ishlar idoralariga topshirildi.
Ahrorxo‘ja Tursunxo‘jayevga JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
– A.Tursunxo‘jayevga nisbatan qonunda belgilangan tartibda jazo tayinlandi, – dedi Jinoyat ishlari bo‘yicha Zangiota tumani sudi raisi O‘ktam Xoliqov. – Jabrlanuvchilarga yetkazilgan zarar ham to‘liq undirildi. Lekin bu kabi sayyor sud majlislarini o‘tkazishdan maqsad aybdorga jazo qo‘llashni ko‘z-ko‘z etish emas, balki sodir etgan jinoyatning kelgusida qanday oqibatlarga olib kelishini yoshlar o‘rtasida tahlil qilish va zarur xulosa chiqarishdir.
Izoh (0)