26-yanvarning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. O‘zbekistonda 27-yanvardan havo harorati keskin pasayishi kutilmoqda. IIV O‘zbekistonda ob-havoning keskin sovishi munosabati bilan aholiga murojaatnoma yo‘lladi.
2. Qirg‘iziston poytaxtida 15 kishi qahraton qurboni bo‘ldi. Meteorologlarga ko‘ra, Qirg‘izistonda anomal sovuq ob-havo yanvar oxirigacha saqlanib qoladi.
3. Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbat yakunida prezidentlar o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga hozirliklarini ta’kidlab o‘tdi.
4. O‘zbekiston o‘zining sun’iy yo‘ldoshini uchirishni rejalashtirmoqda. 2018-yilgi Davlat dasturida 2035-yilgacha O‘zbekiston aerokosmik sanoatini shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha strategiyani ishlab chiqish ko‘zda tutilgan edi.
5. Aqto‘bedagi avtobus halokati qurbonlariga bag‘ishlangan xayriyada qariyb 220 mln so‘m yig‘ildi. “Xalq so‘zi”ning yozishicha, hayoti fojiali yakun topgan bu o‘zbekistonliklarning qismati barchaga saboq bo‘lmog‘i lozim. Qozog‘iston rasmiylari esa Aqto‘beda yongan avtobusning uchala haydovchisini ham hibsga oldi.
6. Muhojirlar hayoti. Novosibirskdagi shahrixonlik yigit: Avvaliga uylanish uchun Rossiyada ishladim. Endi oilamni boqish uchun Rossiyadaman. “Daryo” internet-nashri “Muhojirlar hayoti” loyihasi doirasida xorijda mehnat qilayotgan o‘zbekistonlik vatandoshlarning fikrlarini e’lon qilib bormoqda.
7. Persona. Anvar Boynazarov MMAda? Nega hamma muammoga faqat uning o‘zi yuguradi? Jangi uchun qancha pul oladi? Sportchi O‘zbekistonda professional sportning yo‘q ekanligi, viza va elchixonalar bilan muammolari haqida hikoya qiladi.
Izoh (0)