Dubayda 15 yoshli bola o‘z joniga qasd qilishga urindi. Bunga uning ota-onasi uni chaqaloqligida axlatxona yaqinidan topib olganligini so‘zlab berganligi sabab bo‘ldi, deb yozadi UAEInside.
O‘smir uy tomiga chiqdi va politsiyaga yig‘lab qo‘ng‘iroq qilib, o‘zini pastga tashlashini ma’lum qildi.
“Ota-onasi unga biologik ota-onasi emasligi va u chaqaloqligida chiqindi uchun konteyner yaqinidan topilganligini so‘zlab bergan”, — deydi Dubay politsiyasi qo‘ng‘iroqlar bilan ishlash markazi direktori mayor Muhammad Ali Obayd.
Qo‘ng‘iroq qabul qilingandan so‘ng, patrul mashina zudlik bilan Abu-Xayl tumaniga yo‘lga chiqdi, qo‘ng‘iroqlar markazi xodimi bo‘lgan ayol bolani telefon orqali tinchlantirishga urindi. U o‘smirni ko‘ndirishga erishdi va u qutqarib qolindi.
Izoh (0)