Suriyaning Afrin tumanida 7 kishidan iborat oila artilleriya zarbalari qurboni bo‘ldi. Bu haqda SANA agentligi ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“Turkiya tuzumi navbatdagi jinoyatni amalga oshirdi: Afrinda 7 kishidan iborat oila buning qurboni bo‘ldi”, — deyiladi agentlik xabarida.
Oldinroq “Suriya demokratik kuchlari” Afrinda 59 nafar tinch aholi vakili halok bo‘lgani, 134 kishi jarohatlanganini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)