Moskvadan Nyu-Yorkka uchayotgan samolyot bortida yo‘lovchi tomonidan keltirib chiqarilgan janjal yuzasidan politsiya jinoiy ish qo‘zg‘adi, deb yozmqoda “RIA Novosti”.
Xabar berilishicha, erkak bortdagi tartibni qo‘pol ravishda buzgan, janjallashgan hamda parvoz va yo‘lovchilar hayoti uchun xavfni yuzaga keltirgan. Bundan tashqari, u bort kuzatuvchisining yuziga urgan.
Jabrlanuvchi Sheremetyevo aeroportida politsiyaga murojaat qilgan. Janjal qilgan yo‘lovchi Rossiyaga qaytib kelgach, qo‘lga olingan.
Izoh (0)