Yangi Zelandiya va Fiji hamkorlikda 18-yanvar kuni Kiribati suvlarida yo‘qolib qolgan “Butiraoi” paromini izlashga kirishdi, deb xabar beradi “Interfaks”.
Parom 18-yanvar kuni yo‘lga chiqqan bo‘lib, 20-yanvarda manzilga yetib kelishi kerak edi. Yangi Zelandiya hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, parom yaqinda yo‘qolgan deb e’lon qilingan.
Bunga qadar operatsiyani fijilik qutqaruvchilar amalga oshirayotgan edi.
“Butiraoi” paromi Okeaniya orollari o‘rtasida reyslarni amalga oshirgan. So‘nggi reys 240 kilometrga yaqin masofani qamrab olishi kerak edi.
17,5 metrli kema tashqi ko‘rinishidan yog‘och katamaranni eslatadi.
Izoh (0)