Suriyalik mutaxassislar Dayr-az-Zavr viloyati sharqida IShIDga tegishli omborlarni aniqladi. Bu haqda SANA agantligi ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
Omborlarda zaharlovchi moddalar, qurol va o‘q-dorilar, jumladan, Isroilda ishlab chiqarilgan minalar topildi.
Omborlar As-Siyal, Xisrat qishloqlari va Aj-Jalya manzilgohida topilgani bildirilmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)