Rossiya prezidenti Vladimir Putin Boshqirdistonga tashrifi doirasida Ufa jome masjidida bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Musulmonlarning markaziy diniy boshqarmasi raisi, muftiy Talg‘at Tojiddin Putinga Rossiyadagi eng qadimiy islom ibodatxonalaridan biri sanaladigan, 1830-yilda qurilgan masjid tarixi haqida hikoya qilib berdi. Hozirda bu yerda Rossiya islom akademiyasi ham faoliyat ko‘rsatmoqda.
Muftiy Rossiya prezidentiga 2000-yilda Boshqirdistonda 16 ta masjid bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib ularning soni 1200 taga yetganligini ma’lum qildi.
“Buni eshitish juda yoqimli. Bu bizda boshqa an’anaviy dinlar qatori islom ham rivojlanib borayotganini ko‘rsatadi”, — dedi Rossiya prezidenti.
Izoh (0)