Turkiyaning Kilis shahridagi masjidga raketa kelib tushishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, yana 12 kishi jabrlangan. Hodisa joyida shifokorlar va qutqaruvchilar ishlamoqda.
Raketa Suriyaning kurdlar nazoratidagi Afrin shahridan yo‘llangani bildirilmoqda.
Izoh (0)