Ispaniya rasmiylari Bryusselda joylashgan Kataloniyaning Yevroittifoqdagi vakolatxonasini yopishga qaror qildi. Bu haqda vakolatxonaga yaqin manba ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
“Madrid vakolatxonani yopish haqida qaror qabul qildi”, — dedi agentlik suhbatdoshi.
Kataloniya delegatsiyasi a’zolaridan biri Joan Mariya Pikega ko‘ra, bino qo‘riqchilari 24-yanvar, chorshanba kuni Kataloniya hukumatining sobiq raisi Karles Puchdemon vakolatxonaga kirishiga yo‘l qo‘ymadi.
Bu yerda uning Kataloniya parlamenti spikeri Roje Torren bilan uchrashuvi rejalashtirilgandi. Natijada uchrashuv boshqa joyga ko‘chirildi.
Izoh (0)