Turkiya terrorchilarga qarshi kurashni Suriya bilan barcha chegaraga kengaytiradi. Bu haqda mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“Zaytun novdasi’ operatsiyasini boshlab, mintaqamizda rejalarini amalga oshirmoqchi bo‘lgan turli kuchlarning o‘yinlariga chek qo‘ydik. Manbijdan boshlab Suriya bilan chegaramizni butkul terrorchilardan tozalaymiz, xavfsizligimizni ta’minlaymiz”, — dedi Erdo‘g‘on.
Erdo‘g‘on Turkiya va Suriya muxolifatining Afrindagi operatsiya davomidagi yo‘qotishlari 7-8 kishini tashkil etgani, kurd tuzilmalari esa 268 kishini boy berganini bildirdi.
Izoh (0)