Turkiya Suriyaning A’zoz shahrida qochqinlar uchun yangi lager quradi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li bayonot berdi, deb xabar qiladi EADaily.
“Yordamimizga muhtoj odamlarni har doim qabul qilamiz”, — dedi u.
A’zozdagi lager 500 chodirdan iborat bo‘lib, 3 ming qochqinni qabul qila oladi.
Oldinroq A’zoz yaqinida 700 chodirdan iborat qochqinlar lageri tashkil etilgan edi.
Izoh (0)